Yordam/Bildirishnomalar/Bildirishnoma turlari va sozlamalar

Bildirishnoma turlari va sozlamalar

Yangi buyurtma, bekor qilish, kam qoldiq va hisobotlar — hamda ularni qayerda sozlash.

Bildirishnomalar nima?


Daromadchi muhim hodisalar haqida xabar beradi. Bildirishnomalar ikki joyda ko'rinadi: Telegram bot orqali va ilova ichida (yuqori paneldagi qo'ng'iroq belgisi → Bildirishnomalar sahifasi).


Telegram bildirishnomalari


🛒 Yangi buyurtmalar

Har sinxronizatsiyada topilgan yangi buyurtmalar bitta xabarga jamlanadi: qaysi marketplace, qaysi mahsulot, nechta dona.


❌ Bekor qilingan buyurtmalar

Buyurtma bekor qilinganda alohida xabar keladi — u yangi buyurtmalar xabariga qo'shilmaydi. Sababi oddiy: "yig'ing va jo'nating" va "jo'natmang" — bir-biriga qarama-qarshi ko'rsatmalar, ularni bitta xabarga qo'shish esa bekor qilishni e'tibordan chetda qoldirishning eng oson yo'li.


Har bir buyurtma uchun bekor qilish xabari faqat bir marta yuboriladi, sinxronizatsiya necha marta ishga tushishidan qat'i nazar. Bekor qilingan buyurtmalar hisobotlarda tushumdan chiqariladi.


ℹ️ Bekor qilish xabari «Yangi buyurtmalar» sozlamasi bilan birga yoqiladi va o'chiriladi.

📦 Kam qoldiq

Mahsulot qoldig'i belgilangan chegaradan past tushganda. Bir jismoniy mahsulot bo'yicha bitta qator beriladi — bir xil tovar bir necha listingda bo'lsa ham.


🔄 Qoldiq sinxronizatsiyasi

Bir marketplace'da sotilgan tovar boshqasida ham kamayganda (do'kon uchun «Ostatok sinxronizatsiyasi» rejimi yoqilgan bo'lsa) — nima o'zgargani va natija haqida xabar.


📊 Kunlik hisobot

Har kuni siz tanlagan vaqtda: tushum, buyurtmalar, foyda, komissiya, bekor qilinganlar, kategoriyalar bo'yicha taqsimot.


📈 Haftalik hisobot

Xuddi shunday, lekin hafta bo'yicha. Standart holatda o'chirilgan.


Telegram bildirishnomalarini sozlash


Sozlamalar botning o'zida turadi — dashboard'da emas:


  1. Telegram'da botga /start yozing
  2. Bot menyusidan bildirishnoma sozlamalarini oching
  3. Har bir turni ✅ / ❌ tugmasi bilan yoqing yoki o'chiring:

📦 Kam qoldiq · 📊 Kunlik hisobot · 🛒 Yangi buyurtmalar · 📈 Haftalik hisobot

  1. Kunlik hisobot vaqtini tanlang

ℹ️ Telegram ulanmagan bo'lsa hech qanday xabar kelmaydi. «Telegram botini ulash» maqolasiga qarang.

Ilova ichidagi bildirishnomalar


Dashboard → Bildirishnomalar sahifasida kam qoldiq ogohlantirishlari va yangi buyurtmalar ro'yxati ko'rinadi. Sahifani ochish qo'ng'iroq belgisidagi hisoblagichni tozalaydi.


Qoldiq o'zgarishi haqidagi xabarni ilova ichida va/yoki Telegram'da olishni Dashboard → Ogohlantirishlar sahifasidagi ikki tugma orqali tanlaysiz.

Bu maqola foydali bo'ldimi?