Foyda marjasini hisoblash
Mahsulot va do'kon darajasida foyda marjasi ko'rsatkichlari.
Marja nima?
Marja — foydaning tushumdagi ulushi, foizda. Daromadchi'da marja sof marja ma'nosida ishlatiladi: tannarx va marketplace ushlanmalaridan keyin qolgan qism.
Marja = Sof foyda / Tushum × 100
Marja va ustama (nasenka) bir narsa emas
Bu ikkisi tez-tez adashtiriladi:
50,000 so'mga olib 100,000 so'mga sotsangiz: ustama 100%, marja esa 50%.
Marjani qayerda ko'rish mumkin
Mahsulot bo'yicha
Dashboard → Mahsulot tahlili jadvalidagi Marja ustuni. Sahifaning yuqorisida do'kon bo'yicha o'rtacha marja, hamda past va yuqori marjali mahsulotlar soni ko'rsatiladi.
Variantlar bo'yicha
Ota-qatorni ochsangiz, har bir variant (rang, o'lcham) uchun marja alohida ko'rinadi — bittasi butun guruh raqamini pasaytirayotgan bo'lishi mumkin.
Rejalashtirishda
Birlik iqtisodiyoti jadvali marjani siz kiritgan qiymatlar asosida hisoblaydi.
Tannarxsiz marja bo'lmaydi
Tannarx kiritilmagan mahsulotning marjasi haqiqiydan yuqori chiqadi — chunki eng katta xarajat hisobga olinmaydi. Tannarxni Mahsulot tahlili jadvalida qalam belgisi orqali yoki Mahsulotlar sahifasida to'ldiring.
Ideal marja qancha?
| Kategoriya | Minimal marja | Tavsiya etilgan |
|---|---|---|
| Elektronika | 8% | 15-20% |
| Kiyim | 20% | 35-50% |
| Kosmetika | 25% | 40-60% |
| Uy jihozlari | 15% | 25-35% |
Bu maqola foydali bo'ldimi?
Shu mavzudagi maqolalar