Yordam/Boshlash/Tez boshlash bo'yicha qo'llanma

Tez boshlash bo'yicha qo'llanma

Daromadchi'da ro'yxatdan o'tishdan boshlab birinchi tahlilgacha — 4 qadamda.

Xush kelibsiz!


Daromadchi — Uzum Market va Yandex Market sotuvchilari uchun analitika platformasi. Quyidagi 4 qadam orqali ishni boshlashingiz mumkin.


1-qadam: Hisob yaratish


Ro'yxatdan o'tish sahifasiga o'ting va email manzilingiz hamda parol bilan hisob yarating. Tasdiqlash havolasi email manzilingizga yuboriladi.


ℹ️ Hisob yaratish bepul va kredit karta talab qilinmaydi.

2-qadam: Do'kon ulash


Hisobingizga kirganingizdan so'ng Sozlamalar sahifasiga o'ting — u yerda har bir marketplace uchun alohida kartochka bor:


  • Uzum MarketAPI Token: seller.uzum.uz → Sozlamalar → API integratsiya
  • Yandex MarketOAuth Token va Campaign ID (faqat raqamlardan iborat)

  • Tokenni kiritib "Saqlash" ni bosing. Bir nechta do'konni ulash mumkin — har biri alohida token bilan.


    ℹ️ Token faqat o'qish uchun ishlatiladi. Batafsil: «API token qo'shish va boshqarish».

    3-qadam: Ma'lumotlarni sinxronizatsiya qilish


    Do'kon ulangach "Sinxronizatsiya" tugmasini bosing. Platforma quyidagilarni yuklab oladi:


  • Mahsulotlar, SKU va variantlar
  • Buyurtmalar va ularning holati (shu jumladan bekor qilinganlar)
  • Qoldiq miqdori va omborlar
  • Narxlar, komissiya va to'lov (settlement) ma'lumotlari

  • Birinchi sinxronizatsiya 1-3 daqiqa davom etishi mumkin.


    4-qadam: Tahlilni boshlang


    Sinxronizatsiya tugagach dashboard tayyor bo'ladi:


  • Tushum va buyurtmalar — tanlangan davr bo'yicha
  • Foyda va marja — har bir mahsulot bo'yicha (tannarx kiritilgan bo'lsa)
  • Qoldiq va u necha kunga yetishi
  • F&Z (P&L) hisobot — oylik tushum va xarajatlar

  • ℹ️ Ma'lumotlar keyin avtomatik yangilanadi — sinxronizatsiya har 5 daqiqada ishga tushadi.

    Bu maqola foydali bo'ldimi?