Kengaytmani o'rnatish
Chrome kengaytmasini o'rnatish va sozlash bo'yicha qo'llanma.
1. Chrome Web Store'dan o'rnatish
Kengaytma «Daromadchi — Uzum & Yandex» nomi bilan Chrome Web Store'da joylashgan:
https://chromewebstore.google.com/detail/daromadchi-%E2%80%94-uzum-yandex/kdgmhemligckdjibcojbdiofokjjnaed
Havolani oching va «Chrome'ga qo'shish» tugmasini bosing. Xuddi shu havola Daromadchi bosh sahifasida va Birlik iqtisodiyoti sahifasida ham bor.
2. Hisobingizga kiring
Kengaytma belgisini bosing. Tizimga kirmagan bo'lsangiz, popup «Kirish» tugmasini ko'rsatadi va daromadchi.uz saytini ochadi. Kirganingizdan so'ng popup statistikangizni ko'rsata boshlaydi.
3. Kengaytmani faollashtirish
- Telegram'da @daromadchi_uz kanaliga a'zo bo'ling
- Botga /activate yozing
- Bot 6 belgili kod yuboradi
- Kodni kengaytmaga kiriting
4. Ixtiyoriy: API kalitlarini kiritish
Kengaytma Sozlamalar (Options) sahifasida marketplace kalitlarini alohida saqlash mumkin:
- Yandex Market API kaliti — Seller kabineti → Sozlamalar → API va modullar
- Uzum Seller API tokeni — seller.uzum.uz → Profil → API kalitlari
Har bir maydon yonida «Tekshirish» tugmasi bor — kalit ishlayotganini darhol sinab ko'radi.
5. Tekshirib ko'ring
uzum.uz yoki market.yandex.ru saytida biror mahsulot sahifasini oching. Daromadchi paneli ochilishi kerak. Panel yopilgan bo'lsa, chetdagi «D» tugmasi orqali qayta ochiladi.
Muammo bo'lsa
- Sahifani yangilang — panel sahifa yuklangandan keyin qo'shiladi
- Kengaytmani o'chirib, qayta yoqing
- Chrome → Ko'proq vositalar → Kengaytmalar → Daromadchi → Tafsilotlar
Bu maqola foydali bo'ldimi?
Shu mavzudagi maqolalar