API token qo'shish va boshqarish
Uzum va Yandex Market tokenlarini qo'shish, yangilash va yozish rejimini boshqarish.
API token nima?
API token — Daromadchi'ga marketplace hisobingizdan ma'lumotlarni o'qish uchun ruxsat beruvchi kalit. Har bir do'kon uchun alohida token kerak.
Sukut bo'yicha: faqat o'qish
Yangi ulangan do'kon «Faqat o'qish» rejimida ishlaydi. Bu rejimda Daromadchi hech narsa yozmaydi: narx, nom, listing, buyurtma holati — hech biri o'zgarmaydi.
Uzum Market tokeni
- seller.uzum.uz saytiga kiring
- Sozlamalar → API integratsiya bo'limiga o'ting
- Yangi kalit yarating va nom bering (masalan: «Daromadchi»)
- Token ko'rsatiladi — nusxalab oling
Yandex Market tokeni
Yandex Market uchun ikkita qiymat kerak:
Campaign ID noto'g'ri bo'lsa (email yoki havola kiritilsa), saqlashda darhol xato ko'rsatiladi.
Daromadchi'ga kiritish
Sozlamalar sahifasida kerakli marketplace kartochkasini toping:
- Token maydoniga tokenni joylashtiring
- Yandex uchun Campaign ID ni ham kiriting
- Saqlash tugmasini bosing
- Sinxronlash tugmasi bilan birinchi yuklashni boshlang
Kartochkada do'kon holati («Ulangan» / «Ulanmagan») va oxirgi sinxronizatsiya vaqti ko'rinadi.
Tokenni yangilash
Token eskirgan yoki bekor qilingan bo'lsa, marketplace kabinetida yangisini oling va shu maydonga kiritib saqlang. Eski ma'lumotlar yo'qolmaydi.
Ixtiyoriy: «Ostatok sinxronizatsiyasi (tahrir rejimi)»
Bir jismoniy tovar ikki marketplace'da sotilayotgan bo'lsa, bir joyda sotilgani ikkinchisida ham kamayishi kerak. Buning uchun do'kon uchun tahrir rejimini yoqish mumkin.
Yoqishdan oldin tasdiqlash katagini belgilashingiz talab qilinadi. Yoqilganda:
Oxirgi umumiy birlik qanday taqsimlanishini ham tanlaysiz: oxirgisini bloklash, kanallar orasida bo'lish, yoki o'chirish.
Uzum uchun bu rejim tokendan SKU_UPDATE huquqini talab qiladi.
Bir nechta do'kon
Uzum va Yandex Market kartochkalari alohida — ikkalasini bir vaqtda ulash mumkin. Dashboard'dagi marketplace tugmalari orqali ma'lumotni alohida ko'rasiz.
Bu maqola foydali bo'ldimi?