Yordam/Hisob Sozlamalari/Hisob xavfsizligi

Hisob xavfsizligi

Hisobingizni himoya qilish uchun xavfsizlik sozlamalari.

Hisob xavfsizligi


Quyidagilar hisobingizni himoya qilishning amaldagi yo'llari.


Kuchli parol


Yaxshi parol:

  • Kamida 12 ta belgi
  • Katta va kichik harflar
  • Raqamlar
  • Maxsus belgilar (!@#$)

  • Parolni Kirish → «Parolni unutdingizmi?» orqali istalgan vaqt yangilashingiz mumkin.


    ℹ️ Ikki faktorli autentifikatsiya (2FA), sessiyalar ro'yxati va kirish jurnali Profil sahifasida ko'rinadi, lekin hali ishga tushirilmagan. Ular tayyor bo'lganda shu maqola yangilanadi.

    Barcha qurilmalardan chiqish


    Chiqish tugmasi sessiyani barcha qurilmada tugatadi — cookie'lar butun domen bo'ylab tozalanadi. Boshqa odam ishlatgan kompyuterda ishni tugatgach chiqishni unutmang.


    API tokenlaringiz


  • Token shifrlangan holda saqlanadi
  • Sukut bo'yicha faqat o'qish uchun ishlatiladi — «Ostatok sinxronizatsiyasi» rejimini o'zingiz yoqmaguningizcha hech narsa yozilmaydi
  • Tokendan shubhalansangiz, marketplace kabinetida uni bekor qiling va yangisini oling

  • Fishingdan ehtiyot bo'ling


    Daromadchi hech qachon so'ramaydi:

  • Parolingizni
  • API tokeningizni (uni faqat siz Sozlamalar sahifasiga kiritasiz)
  • Kartangizning to'liq raqamini yoki SMS kodini

  • Rasmiy manzillar: daromadchi.uz, Telegram kanali @daromadchi_uz.


    Shubhali holat bo'lsa


    1. Parolni darhol yangilang
    2. Marketplace tokenlarini bekor qilib, yangisini oling
    3. support@daromadchi.uz manziliga yozing

    ⚠️ Daromadchi hech qachon parol yoki API token so'ramaydi. Bunday so'rov kelsa — bu fishing.

    Bu maqola foydali bo'ldimi?