Qoldiqlarni boshqarish
Ombordagi mahsulot qoldiqlari, darajalar va ogohlantirish tizimi.
Qoldiqlarni boshqarish
Daromadchi qoldiqlaringizni savdo tezligiga ko'ra kuzatadi va qachon yangi mahsulot buyurtma qilish kerakligini aytadi.
Qoldiq necha kunga yetadi
Har bir mahsulot uchun:
Kunlar = Qoldiq miqdori / O'rtacha kunlik savdo
Ogohlantirishlar sahifasida bu raqam rangli belgi bilan ko'rsatiladi:
| Holat | Kunlar | Rang |
|---|---|---|
| **Kritik** | 3 kundan kam yoki qoldiq 0 | Qizil |
| **Ogohlantirish** | 3-7 kun | Sariq |
| **Kuzatuvda** | 7 kundan ko'p | Ko'k |
Marketplace modellari
Buyurtma va qoldiq qaysi ombordan kelayotgani belgilar bilan ko'rsatiladi:
Uzum Market
Yandex Market
Bir tovar — bir nechta listing
Bir jismoniy mahsulot ikki marketplace'da yoki bir marketplace'da bir necha listingda turishi mumkin. Dashboard → Qoldiqlar sahifasida ularni bitta guruhga birlashtirasiz — shundan keyin qoldiq guruh darajasida hisoblanadi va ogohlantirish takrorlanmaydi.
Ostatok sinxronizatsiyasi (ixtiyoriy)
Do'kon uchun yoqilgan bo'lsa, bir marketplace'da sotilgan tovarning qoldig'i boshqasida ham kamayadi. Bu — Daromadchi marketplace listingiga yozadigan yagona narsa, va faqat qoldiq soni. Batafsil — «API token qo'shish va boshqarish» maqolasida.
Bu maqola foydali bo'ldimi?
Shu mavzudagi maqolalar
Qoldiq ogohlantirishlari
Kam qoldiq ogohlantirishlarini sozlash va Telegram orqali qabul qilish.
FBO, FBS va rFBS farqlari
Uzum FBO/FBS va Yandex FBY/FBS/DBS: kim yig'adi va bu nimaga ta'sir qiladi.
Tovar aylanmasi va buyurtma prognozi
Qoldiqlarning aylanish tezligi va keyingi buyurtma vaqtini hisoblash.