Yordam/Qoldiqlar/Tovar aylanmasi va buyurtma prognozi

Tovar aylanmasi va buyurtma prognozi

Qoldiqlarning aylanish tezligi va keyingi buyurtma vaqtini hisoblash.

Tovar aylanmasi nima?


Tovar aylanmasi — mahsulot qanchalik tez sotilishini ko'rsatuvchi ko'rsatkich. Amaliy savol esa oddiy: qoldiq necha kunga yetadi va qachon yangi buyurtma berish kerak?


Daromadchi qanday hisoblaydi


Hisob so'nggi 30 kunlik haqiqiy savdoga asoslanadi:


Kunlik savdo = So'nggi 30 kunda sotilgan / 30


Qolgan kunlar = Mavjud qoldiq / Kunlik savdo


Bu ikkala raqam Dashboard → Ogohlantirishlar sahifasida har bir mahsulot qatorida ko'rinadi. Ro'yxat qolgan kunlar bo'yicha saralanadi — eng shoshilinchlari tepada.


ℹ️ Hisobda faqat **mavjud** qoldiq ishlatiladi: allaqachon buyurtma qilingan, lekin hali jo'natilmagan birliklar ayirib tashlanadi. Aks holda sotib bo'lingan tovar hali ham javonda turgandek ko'rinardi.

So'nggi 30 kunda savdo bo'lmagan bo'lsa, qolgan kunlar o'rniga «—» ko'rsatiladi — bu «ko'p qoldi» degani emas, «hisoblab bo'lmaydi» degani.


Qachon buyurtma berish kerak


Buyurtma berish sanasi = Bugun + (Qolgan kunlar − Yetkazib berish muddati)


Misol:

  • Qoldiq: 100 dona
  • Kunlik savdo: 5 dona → 20 kunga yetadi
  • Yetkazib beruvchi 5 kunda keltiradi
  • 15 kundan keyin buyurtma bering

  • Yetkazib berish muddatini o'zingiz bilasiz — Daromadchi uni bilmaydi, shuning uchun bu ayirishni siz qilasiz.


    Ogohlantirish chegaralari


    HolatQolgan kunlar
    Kritik3 kundan kam yoki qoldiq 0
    Ogohlantirish3-7 kun
    Kuzatuvda7 kundan ko'p

    Nimaga e'tibor berish kerak


  • Yangi mahsulot: 30 kunlik tarixi to'liq bo'lmagani uchun kunlik savdo past chiqadi va prognoz haqiqiydan uzoqroq ko'rinadi
  • Aksiya davri: aksiyadagi savdo o'rtachani ko'taradi va qoldiq kutilganidan tez tugaydi
  • Bir tovar bir nechta listingda: Qoldiqlar sahifasida ularni guruhga birlashtiring, aks holda har biri alohida hisoblanadi

  • ℹ️ Mavsumiylik bo'limi hozircha «Yaqin orada» holatida — mavsumiy koeffitsient hisobga olinmaydi.

    Bu maqola foydali bo'ldimi?